Iordaniya “Osama bin Ladenning o’ng qo’lini” sudlamoqchi

  • Amerika Ovozi

Osama bin Ladenning Yevropadagi muovini Abdu Qatada 2001-yilda ushlangan.

Iordaniya harbiy prokuraturasi radikal peshvo Abu Qatadani terror xurujini rejalashda ayblamoqda.

Bugun kunduz Britaniyadan deportatsiya qilingan shaxs ayblovni rad etayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Yaman - al-Qoidaning yangi makoni, Shohruh Hamro lavhasi


Your browser doesn’t support HTML5

Al-Qoidaning odami AQSh razvedkasi bilan ishlagan, Nasiba Tohir xabar beradi


Iordaniya va Britaniya inson huquqlari bilan bog’liq tortishuv ketidan qiynoqlarga doir kelishuv imzolagach, Abu Qatada nihoyat rasmiy Ammon qo’liga topshirilgan.

Aynan huquqiy ahvolga doir xavotirlar bois inglizlar mana bir necha yildirki Falastinda tug’ilgan iordaniyalik bu peshvoni Iordaniyaga deportatsiya qilmay kelayotgan edi.

53 yoshli Abu Qatada bir paytlar Osama bin Ladenning Yevropadagi o’ng qo’li deya tanilgan.

U Iordaniyada terrorizm bilan bog’liq bir necha jinoyatlarda aybdor topilgan va qayta sudlanishi kutilayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Al-Qoida AQSh temir yo'llariga xuruj rejalagan


Your browser doesn’t support HTML5

Boy yigitdan yetakchi terroristga aylangan Osama bin Ladenning qisqacha tarixi