Birmaning Kachin shtatida janglar tinmayapti

  • Amerika Ovozi

Kachindagi mojaro sababli minglab ishchi muhojirlar hududdan qochib chiqmoqda.

Qo’shma Shtatlar Birmaning Kachin shtatida davom etayotgan zo’ravonlikdan “g’oyat tashvishda”.

Sulhga qaramasdan shimoli-sharqiy bu hududda armiya va isyonchilar o’rtasida olishuvlar tinmayapti.

Yangondagi elchixona nodavlat tashkilotlar va matbuot xabalariga tayanib, mojaroda oddiy aholi jabr ko’rayotgani, to’qnashuvlar elatlar orasida adovatga turtki berayotganini xavotir bilan qayd etadi.

Birma hukumati nazarida AQSh elchixonasining bayonoti xolis emas va isyonchilarning armiya hamda aholiga qarshi xurujlarini inobatga olmagan.

Kachin yetakchilari 2010-yilgi parlament saylovlarida qatnasha olmagach, o’rtada ixtilof kuchgan.

2011-yilda 17 yillik sulh yakun topib, tomonlar yana urushga kirishgan.

Qo’zg’olonchilar ozchilik elatlar manfaatini himoya qilayotganini aytadi.