AQSh CASA-1000 bilan bog'liq kelishuvni olqishlamoqda

  • Amerika Ovozi

Loyiha Qirg'iziston va Tojikistondagi ortiqcha energiyani Afg'oniston va Pokistonga uzatadi. Asosan yoz oylarida ishlab chiqariladigan tok nazarda tutilmoqda.

Qo'shma Shtatlar Afg'oniston va Pokiston Markaziy Osiyodan oladigan elektr tokining tranzit bahosi ustida kelishib olganini olqishlab, CASA-1000 deb nomlangan xalqaro loyiha kelajagiga ishonch bildirmoqda.

Pokiston olib o'tilgan har bir kilovat tok uchun Afg'onistonga 1.25 sent to'laydi. Loyiha doirasida 1200 kilometrlik tarmoqlar bunyod etiladi.

Afg'onistonning yangi hukumati qo'shni Pokiston bilan kelishib ishlashni maqsad qilganini bildirmoqda. Hozirda o'zining ilk bosqichida bo'lgan CASA-1000 har ikkala davlatning quvvatga bo'lgan talabini qondiradi degan umid bor.

Loyiha Qirg'iziston va Tojikistondagi ortiqcha energiyani bu ikki davlatga uzatadi. Asosan yoz oylarida ishlab chiqariladigan tok nazarda tutilmoqda.

AQSh nazarida bu mintaqaviy savdo va iqtisod uchun katta ahamiyatga ega. Vashington Markaziy va Janubiy Osiyo bir-biri bilan shu tariqa bog'lanishi, mahsulot almashishini targ'ib qilib keladi.

CASA-1000 haqida mana bu maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.

Mana bu reportaj ham shu mavzuda, marhamat, tanishing:

Your browser doesn’t support HTML5

Markaziy Osiyoni birdamlikka undovchi yangi loyihalar - Navbahor Imamova