Putin: Grozniy politsiyasini kuchaytiramiz

  • Amerika Ovozi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin fikricha Checheniston poytaxti Grozniyda politsiyani qo'llab-quvvatlash kerak. Shaharda kecha sodir etilgan xurujda 10 politsiyachi o'lgan, hujumchilardan sakkiz nafari yo'q qilingan edi.

"1990-yillarda mamlakatda separatizmni, terrorizmni yoqlagan odamlarni yaxshi eslaymiz. Qo'lini qonga belab, o'lkani qonga bulab, buni oddiy bo'lginchilik deya ta'riflagan odamlarni eslaymiz. Ana shu guruhlar bugun Chechenistonda yana bosh ko'tardi. Ishonchim komil, mahalliy huquq-tartibot organlari vaziyatni eplaydi. Terrorchi guruhni yo'q qilish ustida ishlayotgan bu fuqarolarimizni rag'batlantiramiz", - dedi Putin.

Rasmiylarning aytishicha, hujumchilar Grozniydagi 10 qavatli Matbuotchilar uyi va qo'shni maktabda o'rnashib olib xurujlar sodir etgan. Salkam 30 politsiyachi jarohatlangan.

Checheniston o'tgan 20 yilda ikki yirik urushning guvohi bo'ldi. Isyonkor chechenlar istiqlol talab qilib Rossiya qo'shinlari bilan olishib, o'rtada katta talofatlar berildi.