Yaqinda Nyu-York shahrida fuqarolikka qabul qilish marosimida 25 mamlakatdan bolalar qatnashdi. Qizig’i shundaki, odatda mahalliy maktab yoki davlat idorasida o’tadigan bunday mas’uliyatli tadbir 32 nafar bola uchun Bronks rayonidagi hayvonot bog’ida uyushtirildi.
“Kayfiyatim zo’r. Ajoyib joyda bo’lyapti bu voqea”, - deydi asli dominikanalik Luz Estrella Luna.
“Amerika pasporti bilan endi ko’p joyga bemalol sayohat qilsa bo’ladi”, - deydi asli zambiyalik Chonza Chingve.
Bolalar marosim paytida qasamyod keltirdi. Ota-onalar faxrga to’la.
“Balog’at yoshiga yetmagan farzandlarga fuqarolik berish jarayonning eng so’nggi bosqichidir, chunki ota-onalar fuqaroligini olib bo’lgan. Endi ular amerikacha oila sifatida yangi hayotga qadam tashlashadi”, - deydi immigratsiya xizmati xodimi Keyti Tichachek.
Volkovlar yetti yashar farzandini Amerikaga chaqalogligida olib kelishgan.
“Endi unda maktabda o’qish, kollejga borish, ishlash uchun 100 foiz imkoniyat bo’ladi, axir u endi Amerika fuqarosi”, - deydi bolakayning otasi Igor Volkov.
Fuqarolik ta’lim grantlari va o’qish uchun moliyaviy yordamga eshiklarni ochadi. Yangi amerikaliklar orzusi ushalgandek his qiladi o’zini.
“Televizorni yoqib, biror kino ko’rib nishonlayman bugungi kunni”, - deydi marokashlik Sora ismli qizaloq.