Xitoyda oilada ikkita farzandga egalik qilish cheklovi bekor qilindi

  • Amerika Ovozi

Xitoy hukumati aholini ko’proq farzand ko’rishga undash maqsadida hafta boshida oilada ikkita farzand ko’rishga doir cheklovni bekor qildi. Aholini ro’yxatga olish jarayonida mamlakatda tug’ilish sur’ati tushib ketgani, aholining keskin qariyotgani ma’lum bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 1-iyun, 2021-yil

Xitoy shaharlarida farzandni voyaga yetkazish ko’p pul talab qiladi, chunki uy-joy qimmat, davlat maktablaridagi o’qishdan tashqari bolalar uchun repetitor yollash kerak. Bu omillar ko’plarni farzand ko’rishdan cho’chitmoqda.

Masalan, pekinlik bir oila hali beri ko’payishni rejalayotgani yo’q.

"Hozirgi hayotimizdan mamnunman. Farzand tug’ilsa, hayotni muvozanatda ushlash mumkinligiga kafolat yo’q”, - deydi 31 yashar oila boshlig’i.

"Farzand ko’rsak, ishimdan ketishimga to’g’ri keladi. 2-3 yildan keyin yana ishga qaytish qiyin bo’ladi”, - deydi uning 28 yashar rafiqasi.

Demografik ahvolni yaxshilashga harakat qilayotgan Xitoy hukumati aholi orasidagi mana shunday fikrlardan xavotirda.

2020-yilda tug’ilish sur’ati mamlakatda bir ayolga 1,3 bolaga to’g’ri kelgan. Qariyotgan aholining o’rnini to’ldirish uchun bu ko’rsatkich bir ayolga 2,1 ta bolaga teng bo’lishi kerak