Xitoyda qattiq zilzila

  • Amerika Ovozi

Xitoyning Sichuan viloyatida kuchli zilzila


Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 20-aprel, 2013


Bugun tongda Xitoyning Suchuan viloyatida yer qattiq qimirlab, 113 kishi halok bo’lgan. 2600 dan ziyod odam jarohatlangan.

Qidiruv ishlari davom etarkan, o’lganlar soni hali yana oshadi, deydi rasmiylar. Yo’llar yopilib qolgan, telefon aloqa va elektr toki tarmoqlari ishdan chiqqan.

Zilzila Rixter shkalasida 7 balda yuz bergani aniqlangan, 12 kilometrlik radiusda.

Sichuan 2008-yilda ham dahshatli tabiiy ofatni boshdan kechirgan, zilzila o'shanda 70 minqdan ortiq kishi hayotiga zomin bo’lgan.