Xitoyda internetga qarshi kurash avjida

  • Amerika Ovozi

Pekindagi internet kafelardan biri

Xitoyda 16 ommabop sayt yopilgan, olti kishi qamoqqa olingan.

Sabab, deya tushuntiradi hukumat, bu sahifalar ig’vo va mish-mish tarqatgan, go’yoki Xitoyda harbiy to’ntarish bo’ladi.

Bu gapga turtki bergan narsa esa Chonching shahar hokimi Bo Tsilay ishdan olingani. Xalq orasida yaxshi tanilgan bu arbob hukumatga qarshi harakatda ayblanmoqda.

Internet, Xitoy rahbariyati nazarida, tinchlik va barqarorlikka raxna soluvchi vosita. Xavfsizlikni ta’minlash uni keskin nazorat qilishni talab qiladi, deydi rasmiylar.

Shu bois bugun dunyoning eng yirik jamiyati global tarmoqdan cheklangan. Faqat hukumat ma’qullagan manbalarga yo’l ochiq. G’arbda asoslangan axborot vositalari va boshqa saytlarga to’siqlar qo’yilgan.