Xitoyda namoyish, hukumat quloq tutdi

  • Amerika Ovozi

Xitoyda namoyish, hukumat quloq tutdi

Xitoy janubida yuzlab fuqaro namoyish qilar ekan, politsiya ularni ko’zni yoshlantiruvchi gaz yordamida tarqatmoqda.

Guangdong viloyati, Xaymen shahrida 500 dan ziyod fuqaro bosh ko’targan.

Ular hududda ko’mir yoqib ishlaydigan zavodni kengaytirish rejasidan norozi.

Aholining bildirishicha, hozirgi holida zavod suv va havoni bulg’ab, saraton kasali bilan og’riganlar soni shundog’am ko’paygan, tabiat ifloslanib bormoqda.

Rasmiylar loyihani vaqtincha to’xtatishga rozi, lekin odamlar endi kech deydi.

“Zavod yo’g’ida suv qaynatib, choy damlar edik. Hozir loy ichishga maburmiz”, - deydi fuqarolar.