Pekindagi portlash ketidan shinjonlik ikki odam qidiruvda

  • Amerika Ovozi

Tiananmen maydonidagi manzara

Xitoy poytaxtidagi Tiananmen maydonida kecha avtomobil portlab, natijada besh kishi o’lgan, 38 odam yaralangan.

Politsiya bu voqea yuzasidan shinjonlik ikki shaxsni izlamoqda. Ismi-sharifidan ular uyg’ur ekani taxmin qilinadi.

Portlashdan bir necha soat o’tar-o’tmay, Pekindagi mehmonxonalarda qidiruv boshlangan, poytaxtga kim kirib-chiqayotgani tekshiruvda.

Politsiyaning bildirishicha, avtomobil Tiananmen maydoni yoqalab ketayotib, to’satdan yo’lovchilar tomon burilib, tezlikni oshirgan.

So’ng Xitoy rahnamosi Mao Tzedun rasmi yonida alanga olib portlagan.

Tiananmen maydoni 1989-yilda talabalar isyoniga sahna bo’lib, hukumat g’alayonni ayovsizlarcha bostirgan edi.