Shinjonda 81 kishi ustidan hukm o'qildi

  • Amerika Ovozi

Shinjon, Xitoy

Xitoy davlat matbuoti xabariga ko’ra, shimoli-g’arbdagi Shinjon viloyatida 81 odam terrorchilik gumoni bilan qamalgan.

Ularga terror guruhlarini uyushtirish, terror xurujlarda qatnashish, qotillik, milliy adovat, ijtimoiy tartibni buzish, separatizm kabi ayblovlar qo’yilgan. To’qqiz nafari o’limga mahkum etildi.

Shinjon uyg’urlarning vatani bo’lib, ular hududni Sharqiy Turkiston deb ataydi.

So’nggi haftalarda viloyatda yuzlab odam hibsga olingan.

Ularning qanchasi uyg’ur ekani ma’lum emas, ammo viloyatda ko’p hollarda aynan uyg’urlar ta’qib qilinadi, nishonga olinadi.

Bu xalq vakillari hukumatni ularning dini, madaniyati, turmush tarziga changal solayotganlikda, erkinliklarini cheklayotganlikda ayblab keladi.