Xillari Klinton prezidentlikka nomzodini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Xillari Klinton

Xillari Klinton bugun 2016-yil prezident saylovlariga o'z nomzodini e'lon qildi. Sobiq davlat kotibi bu haqda internet orqali ma'lum qildi.

Yaqin kunlarda u saylovlarda erta qanashuvchi shtatlarga, jumladan Ayova va Nyu-Gempshirga bormoqchi.

Klinton 2008-yilda prezidentlikka harakat qilgan, biroq Demokratlar partiyasi ichidagi saylovlarda Barak Obamaga boy bergan edi. Obama uchinchi bor saylana olmaydi.

So'nggi ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra, amerikaliklarning 48 foizi Klinton haqida ijobiy fikrda, 42 foizi esa salbiy. Agar saylansa, AQShning ilk ayol prezidenti bo'ladi.

Sobiq senator Xillari Klinton sobiq Prezident Bill Klintonning rafiqasi.

Shu kungacha respublikachilarning ikki vakili nomzodini e'lon qilgan - senatorlar Ted Kruz va Rend Pol.