Klinton Rossiyani Gruziyadan qo'shinlarini olib chiqishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xillari Klinton Gruziyada, Batumi, 5-iyun, 2012-yil

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Yevropa va Kavkaz bo'ylab safari davomida bugun Gruziyaga bordi. Batumida prezident Mixail Saakashvili bilan uchrashar ekan, Gruziya-Rossiya ixtilofiga to'xtalib, Kremlni bo'lginchi Janubiy Osetiya va Abxaziya respublikalaridan qo'shinlarini chiqarishga chaqirdi.

"Gruziya hududining bosib olinishini qabul qilmaymiz. 2008-yilda erishilgan sulh shartlariga amal qilib, Rossiya askarlarini mojarodan oldingi hududlarga chiqarishi va gumanitar yordam uchun yo'l ochishi lozim", - deydi Klinton.

Gruziyadan ajralgan respublikalar mustaqillik e'lon qilgan, biroq Rossiya va yana bir-ikki davlatdan boshqasi ularni tan olmagan.

Klinton kecha Armanistonda edi, ertaga esa Ozarbayjonga boradi.