Saylov arafasida Amerika yoshlarining siyosatga qiziqishi oshgan

  • Amerika Ovozi
Amerikada 18 yoshga to’lgan fuqaro saylovda ovoz berish huquqiga ega. Bungacha o’quvchilar maktabda AQSh siyosati haqida bilim oladi. Respublikachi va demokratlar prezidentlik uchun kurash olib boradigan saylov yillarida, ayniqsa, yoshlar orasida siyosatga qiziqish kuchayadi.

Yaqinda Merilenddagi yoshlar markazida o’quvchilar saylov jarayonining qanday o’tishini amaliyotda o’rgandi. “Qizlar mamlakati” anjumanining yillik yig’inida har bir shtatdan ikki qiz ishtirok etdi. Ular bu yerga AQSh rahbarlarining qanday saylanishini o’rganish uchun yig’ilgan.

“Platformamiz oltita peshtaxtaga bitilgan. Ularda biz uchun muhim masalalar o’rin olgan”, - deydi o’quvchilardan biri.

“Bizning partiya e’tiborni xalqaro munosabatlarga qaratyapti. Boshqa davlatlar bilan yaxshi aloqa o’rnatishni istaymiz”, - deydi yana bir o’quvchi.

O’quvchilar tuzgan ikki partiya bu yerda yillik qurultoyga yig’ilgan. Prezidentlikka nomzodni tanlash kerak.

“Deyna Keyga ovoz bering”, - deydi minbarga chiqqan yoshlardan biri.

Delegatlar shtatlar nomi tushirilgan plakatlarini ko’tarib, yashirin tarzda ovoz beradi.

“Dorianga ovoz beruvchilar qo’lingizni ko’taring”, - deydi minbardagi vakil.

Haqiqiy partiya syezdlari shovqin-suron bilan o’tadi. Delegatlar esa allaqachon tanlangan nomzodlarga ochiq holda ovoz beradi.

“Qizlar mamlakati”da talabalar jarayonni kuzatish emas, unda ishtirok etish orqali o’rganadi. Bunday tadbirlar boshqa shtatlarga ham xos. Richmonddagi mana bu tadbirda siyosatchilar hukumat binosida yoshlarga saboq bermoqda. Deyvid Mils shtatning Demokratik partiyasiga boshchilik qiladi.

"Agar davlat idorasiga saylanishni istasangiz, bir oz kutishni maslahat beraman”, - deydi u.

Virjiniya prokurori Ken Kuchinelli Respublikachilar partiyasidan.

“Eng qiyin raqobat bu do’st va ittifoqdoshing deb bilgan odamlarga qarshi kurashish”, - deydi u.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika yoshlari siyosat haqida, Behzod Muhammadiy


Kun shtat gubernatori uyini ziyorat qilish bilan yakunlanadi. Yoshlarning taassurotlari a’lo darajada.

“Siyosatga mehr qo’ydim. Qiziqarli jarayon”, - deydi bir o’quvchi.

“Qonunlarimiz qanday yaratilishini hammamiz bilishimiz kerak”, - deydi yana bir o’quvchi.

Bu o’quvchilarning barchasidan kelajakda siyosatchi chiqadi deb oldindan aytish qiyin. Ammo bunday tadbirlar ularni kamida siyosiy jarayonni yaxshi tushunadigan faol fuqarolarga aylantirishi shubhasiz.

Your browser doesn’t support HTML5

Siyosat va yoshlar/Teaching politics