Al-Hol qochqinlar lageri koronavirusdan himoyaga muhtoj

  • Amerika Ovozi

Al-Hol lageri. Arxiv surat

Suriyadagi urushda asirga olingan IShID jangarilarining minglab oila a’zolari Hasaka viloyatida joylashgan al-Hol qochqinlar lagerida saqlanadi. Jihodchilarning rafiqalari koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan xavfsizlik choralarini diniy sabablarga ko’ra inkor etmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Al-Hol qochqinlar lageri koronavirusdan himoyaga muhtoj

Lagerni kurd xavfsizlik kuchlari qo’riqlaydi. Viloyat ma’muriyati lagerda virus tarqalishining oldini olish uchun ba’zi choralarni joriy etgan, biroq ayollar virus Allohning kofirlarga qarshi yuborgan jazosi deb choralarga amal qilishdan bosh tortmoqda.

“Xalqaro tashkilotlarga ko’p marotaba murojaat qilib, lagerni virusdan himoya qilishda yordam berishni so’raganmiz, biroq ulardan javob juda sekin kelmoqda”, - deydi Qizil Yarim oy jamiyatining kurd xodimi Abdulroziq Eli.

Suriya shimoli-sharqida 10 ta lager bo’lib, salkam 100 ming qochqin boshpana topgan. Al-Hol lageri eng yirigi bo’lib, unda yashovchi 70 ming qochqin orasida “Islomiy davlat” jihodchilarining minglab oila a’zolari saqlanadi.

Lagerning bir qismida xorijiy jangarilarning, boshqa qismida esa suriyalik va iroqlik jangarilarning oila a’zolari joylashgan.

“Ambulatoriya bo’limlari va dorilarga katta ehtiyoj bor. Ikkita poliklinikamiz bor, xolos”, - deydi lager ma’muriyatidan Jabir Hisen.

Dunyo bo’ylab koronavirusga chalinganlar 4 million 700 mingdan oshgan bo’lsa, Suriyada 51 ta odam kasal bo’lib, shu kunga qadar uch odam virusdan o’lgan.