COVID-19 vahimasi Turkiyada narxlar oshishiga, kamomadga sabab bo'lyapti

  • Amerika Ovozi

Turkiyada ilk koronavirus holati aniqlanishi ketidan odamlar vahimaga tushib, pandemiya ehtimoliga tayyor turish maqsadida do’konlardan dori-darmon, sanitariya anjomlari, zarur mahsulotlarni sotib olishga shoshilmoqda. Bir zumda bu mahsulotlarga narxlar ham oshib ketgan.

Your browser doesn’t support HTML5

COVID-19 vahimasi Turkiyada narxlar oshishiga, kamomadga sabab bo'lyapti

“Dorixonamiz uchun ba’zi narsalarni sotib olish maqsadida kelgandim bu yerga, chunki maskalar va dezinfeksiya vositalari uchun xaridorlar ko’payib, uzun navbatda turishibdi. Narxlar ham juda oshgan”, - deydi farmatsevt Muzeyyen Karaji.

“Do’konni ertalab 8:30 da ochdim, ammo 11 ga borib, rastalarda hech narsa qolmadi. Oldin 35 lira turgan narsalar 90 liraga chiqib ketdi”, - deydi dorixona xodimi Hadicha Guvanqoya.

Turkiyada ishlab chiqariladigan “Kolonya” xushbo’y havo spreyi tarkibida ko’p alkogol bo’lgani uchun u antiseptik hisoblanadi. Spreyning narxi ham keskin ko’tarilib ketdi.

“Limon hidli odekolon xarid qilishga kelgandim. Odatda 12 liradan olardik, ammo hozir 25 lira turadi. Uyatsizlar! Maska yo’q deyishadi, ammo tiqilib yotibdi maskalar. Endi nima qilamiz? Atirni salfetkaga sepib, yuzimizga niqob qilib taqamiz”, - deydi xaridor Ayten Pala.

“Maska yoki qo’lga tozalash vositasi olmoqchi bo’lib kelgandim. Hamma joyda qidirdim, ammo qimmat bo’lsa ham bu do’kondayam qolmabdi”, - deydi xaridor Jamila Sayyor.

Talab oshgan sari mahsulotlar kamayib boraveradi. Mahalliy aholi hukumat narxlarni tartibga solib, do’konlarni mahsulotlar bilan to’ldirishda yordam beradi degan umidda.