BMT koronavirusga qarshi kurashda yordam uchun 6,7 milliard dollar to'plamoqchi

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti koronavirusga qarshi kurashayotgan qashshoq mamlakatlarga yordam berish maqsadida jahon hamjamiyatidan salkam 7 milliard dollar xayriya so’ramoqda. Mart oyidan beri hozircha bir milliard dollar to’plangan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 8-may, 2020-yil

“Boshlanishi yomon emas”, - deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

BMT aksariyat qochqinlar yashovchi Afrika va Yaqin Sharqdagi salkam 50 mamlakat hamda Venesuela, Gaiti va Bangladeshga yordam berishni rejalamoqda.

“Bu mamlakatlarda sog’liqni saqlash tizimi o’ta zaif. Demak ularning koronavirus kabi kasallikka qarshi kurashish salohiyati ham past. Bundan tashqari, ularning aholisi, ya’ni millionlab odamlar o’lim yoqasida turibdi”, - deydi BMTning favqulodda yordam bo’yicha koordinatori Mark Loukok.

Gumanitar tashkilotlar badavlat mamlakatlar va boy insonlarni xayriya qilishga da’vat etmoqda.

“Ikki xil pandemiya bilan yuzlashyapmiz. Ochlik ham misli ko’rilmagan darajaga chiqmoqda”, - deydi BMTning Oziq-ovqat dasturi direktori Deyvid Bizli.

Bizli Vashingtonda Davlat kotibi Mayk Pompeo va Kongressdagi yetakchi qonunchilar bilan uchrashmoqda.