Venesuela koronavirusga qarshi kurashda ojizlik qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Dunyoning qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblangan Venesuela koronavirus pandemiyasi oldida tiz cho’kmoqda - mamlakatda tibbiy uskuna, zarur jihozlar va mutaxassislar yetishmaydi.

Poytaxt Karakasdagi asosiy kasalxona hamshirasi Mariya Ranxelning aytishicha, tibbiy xizmatchilar uchun himoya vositalari yo’q.

Yetishmovchilik sabab kasalxonalar eng og’ir kasallarni qabul qilyapti, xolos.

“Qizimning yuragi xasta. Pnevmoniyaga uchrab, kasalxonaga borgan edik. Koronavirus yuqtirganini taxmin qilishdi”, - deydi Yoxanna Kortes ismli ona.

COVID-19 kasalligini aniqlash uchun test tizimlarining yo’qligi bois shifokorlar tashxis qo’yishda qiynalyapti.

Xonada hatto elektr quvvati yo’q, suv yo’q, himoya vositalari, qo’lqoplar, spirt, antiseptik yo’q”, - deydi poytaxt kasalxonasi xodimlaridan biri.

“Qizimning xolidan xavotirdaman. Bu yerdagi sharoitlar sabab uni davolay olmasliklari mumkin”, - deydi Kortes.

Koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganidan beri kasalxona xizmatchilariga uni qanday davolash kerakligi haqida yo’l-yo’riq berilmagan, ba’zi ma’lumotlar ijtimoiy sahifalar orqali olinmoqda.