AQSh BMT Kubaga qo'yilgan embargoni bekor qilishiga qarshi emas

  • Amerika Ovozi

Xalqaro embargo natijasida Kuba iqtisodiyoti abgor holatga kelgan

AQSh Kubaga qo'yilgan savdo embargosini to'xtatish bo'yicha BMT Bosh Assambleyasi beradigan ovozda qatnashmasligi kutilmoqda. O'tgan ikki yil davomida unga qarshi ovoz berib kelgan ikkita davlat AQSh va Isroil edi.

O'tgan yil oktabr oyidan beri AQSh-Kuba munosabatlarida keskin burilish yuz berdi. Iyul oyida ikki davlat rasmiylari yarim asrlik ziddiyatlarga chek qo'yib, diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib oldi.

Gavana va Vashintonda elchixonalar ochildi. AQSh Prezidenti Barak Obama Kongressni Kubaga qo'yilgan jazo choralarini bekor qilishga chaqirdi.

Respublikachilar nazoratidagi Kongress hali bu borada amaliy qadam tashlagani yo'q. Embargo kuchda qolar ekan, prezident sanksiyalar ta'sirini kamaytirishning boshqa yo'llari ko'rib chiqilishini ma'lum qildi.