Kunning suratlari - 10-may, 2014-yil

  • Amerika Ovozi

Sharqiy Ukrainaning Mariupol shahridagi buzuq tank ustida mahalliy fuqarolardan biri turibdi, 10-may, 2014-yil.

Sharqiy Ukrainadagi Mariupol shahrida Ukraina xavfsizlik kuchlari va ayirmachilar o'rtasida yuz bergan to'qnashuvdan keyingi manzara, 10-may, 2014-yil.

Donetskda 11-may kuniga belgilangan referendum uchun chiqarilgan ovoz berish qog'ozi

ASEAN tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 24-sammit doirasida guruh bo'lib suratga tushmoqda, Birma, 10-may, 2014-yil.

Tailand poytaxti Bangkokda hukumatga qarshi namoyishlar tinmayapti, 10-may, 2014-yil.

Fransiya Prezidenti Fransua Olland (chapda) hamda Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaga qarshi yangi jazo choralari e'lon qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda, Shtralzund, Germaniya, 10-may, 2014-yil.