Bugungi dunyo suratlarda – 29-dekabr, 2022

Uch karra jahon chempioni, futbol yulduzi Pele 82 yoshida vafot etgani munosabati bilan Futbol muzeyidagi namoyish. Braziliya. 

"Grand Diamond" mehmonxona va kazino majmuasida chiqqan yong'in 19 kishining o'limiga sabab bo'ldi. Poypet, Kambodja. 

Qizil dengiz sohillari. Saudiya Arabistoni. 

Rossiyaning navbatdagi raketa zarbalari ortidan tin olayotgan qutqaruv guruhi xodimi. Kiyev, Ukraina. 

Yirik panda nasllari uchun tadqiqot bazasida navbat. Sichuan, Xitoy. 


 

27-dekabr kuni Indoneziya sohillariga yetib kelgan 200 nafarga yaqin rohinja musulmonlari ro'yxatga olinmoqda. Indoneziya. 

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama Hindistonda ilk mashg'ulotlarini boshladi

Grodno hududiga tushgan raketa fragmenti. Belarus. 

Kobulda qish

Uy devorini bezayotgan rassom. Chennay, Hindiston.