Bugun dunyoda Yer kuni nishonlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Karachida maktab o'quvchilari Yer kunida plyajni tozalamoqda Pokiston, 22-aprel, 2013-yil

Atrof-muhit muhofazachilari bugun Yer kunini nishonlamoqda. Dunyo bo’ylab ekologiya himoyasi va iqlim o’zgarishi mavzusida tadbirlar o’tkazilmoqda.

Yer kuni 1970-yilda joriy etilgan bo’lib, faollar tabiatni asrashga, inson faoliyatining ekologiyaga ziyonini kamaytirishga chaqirib keladi.

Ayrim joylarda jamoalar hasharga chiqib, qirg’oqlar, suv havzalari, mahallalarini tozalaydi.