Jahon ahli Yerni sharaflamoqda

  • Amerika Ovozi

Anak-anak muda berbincang di pasar di kota Qayyarah, sebelah selatan Mosul, Desember 2016. (VOA/Kawa Omar)

Kelayotgan chorshanba jahon ahli Yer kunini nishonlaydi, biroq Vashington va uning atrofida tantanalar boshlanib ketgan.

Shanba kuni, misol, Kapitoliy ro'parasida tumonat odam yig'ildi. O'yin-kulgi, bahslar, ma'ruzalar bo'ldi. Taniqli yulduzlar, jurnalistlar, shuningdek, BMT va Jahon banki mutasaddilari shu kunlarda Vashingtonda, kurrai zaminni ardoqlash haqida so'zlayapti.

Yer kuni 22-aprelda nishonlanadi. Joriy yilda ta'sis etilganiga 45 yil to'layapti.
Davlat departamenti, ertaga, dushanba kuni energetika va iqlimga doir yirik anjumanga mezbonlik qiladi.

Unda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan rasmiylar qatnashadi. Toza energiya manbalarini oshirish, zaharli gazlarni qisqartirish kabi mavzular kun tartibida.

Prezident Obamaning aytishicha, bugun sayyora yuzlashayotgan eng yirik tahdid aynan iqlimdagi salbiy o'zgarishlardir.

Muammoni ortiq rad etish yoki ko'rmaganga olish mumkin emas, deydi Amerika prezidenti. Yerda harorat ko'tarilgani sari buning asoratlari tobora og'ir tus olayapti, xususan, to'fonlar kuchaygan, qurg'oqchilik ko'lami oshib, o'rmonlar uzoq payt alanga ichida qolayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh va global iqlim/US Climate Change

Your browser doesn’t support HTML5

NASA: besh yangi yo'ldoshning ko'zi Yerda