BMT rasmiysi: Ebolani shu yil yengish mumkin

  • Amerika Ovozi

Xizmat muddati tugayotgan Entoni Banburi fikricha, kasallik bilan bog'liq tanazzul shu yil barham topishi mumkin.

BMTning Ebolaga qarshi kurash bo'yicha mas'ul vakili, xizmat muddati tugayotgan Entoni Banburi fikricha, kasallik bilan bog'liq tanazzul shu yil barham topishi mumkin.

Sentabrda lavozimiga tayinlangan rasmiy qilingan ishlar yuzasidan juma kuni hisobot berdi.

Salmoqli yutuqlar qo'lga kiritildi, lekin virus hali batamom yengilgani yo'q, deydi u. Birorta bemor qolmagan kun yengil nafas olishimiz mumkin, deydi BMT rasmiysi.

BMT missiyasi endi ish boshlaganida Ebola 2015-yil yanvarigacha bir yarim million odamga yuqishi bashorat qilingan edi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga qaraganda, hozir bemorlar soni 20 206 nafar. Xavfli virus 7900 dan oshiq insonni hayotdan olib ketdi.

Bugundan e'tiboran, BMTning Ebola bilan kurash bo'yicha missiyasini gumanitar yordam sohasida uzoq yillik tajribasi bor Ismoil Ould Shayx Ahmad boshqaradi.

Ebola, eslatib o'tamiz, asosan Syerra-Leone, Liberiya va Gvineyada tarqaldi.