Kentukki shtati Quyosh tutilishiga tayyorlanmoqda

  • Amerika Ovozi

21- avgust kuni soat 13:24 da Quyosh tutiladi. Kentukkining Xopkinsvill shahri osmoni ma’lum muddatga zulmatda qoladi.

​"Quyosh tutilishi aynan Xopkinsvil shahri janubidan aniq va to’liq ko’rinadi. Shu nuqtadan Oy butunlay Quyoshni to’sib qo’yishi kutilmoqda. Jarayonni dunyo bo’ylab kuzatayotgan olimlarga esa o’ziga xos ilmiy tajriba imkonini beradi”, - deydi Kentukki shtati gubernatori Karter Xendriks.

Gubernator Karter Xendriksning aytishicha, shahar quyosh bilan yuzlashishga yoki yuzlashmaslikka ham tayyor.

"Xopkinsvil koinot markazi bo’lishi tezda ma’lum bo’ldi. Biz Quyosh tutilishi eng uzoq davom etishi kutilayotgan asosiy nuqtalardan biri ekanimizni bilardik. Menimcha, 100-sekundlik nuqtalar orasida, biz ikkinchi o’rindamiz”, - deydi gubernator.

Bu nuqtada zulmat ikki daqiqa-yu 40 sekund atrofida davom etishi kutilyapti. Xopkinsvil Quyosh tutilishida koinot markazi bo’lishini o’n yillar oldin bilgan. Tadqiqot va tomoshabinlar uchun yarim million dollardan ortiq mablag’ sarfladi. Shahar Quyosh tutilishiga intizor.

"Orziqib kutayapmiz; xursandchilik, hayajon, biroz xavotir ham bor. 30 ming aholi yashaydigan joyga 100 ming odam kelishi kutilyapti axir. Lekin baribir odamlar ko’tarinki kayfiyatda chunki ularning shaharchasi endi xalqaro xaritaga kiritilgan. Dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlarga mezbonlik qilishga tayyor", - deydi gubernator Xendriks.

Kelayotgan sayyohlar mahalliy madaniyat va tarix bilan tanishadi. Shu bahonada keyinchalik sayyohlar oqimi ham oshar degan umid bor.