Isroil va XAMAS sulhga erishdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Qohirada Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan Isroil-XAMAS mojarosi xususida gaplashmoqda, 21-noyabr, 2012-yil.

Isroil-XAMAS ixtilofini to’xtatishda vositachilik qilgan Misr sulhga erishilgani haqida ma’lum qildi.

Bu davlat Tashqi ishlar vaziri Muhammad Kamol Amir Qohirada AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashuvdan so’ng shunday bayonot berdi.

Bu 1,7 million falastinlikka qaqshatqich havo zarbalaridan keyin nihoyat tinim olishga imkon beradi. Tel-Aviv va Quddus ahli esa G'azodan raketalar otilmay qo'yganidan xursand bo'lishi aniq.

Sulh mahalliy vaqt bilan kechki 9.00 da kuchga kirdi.

Klinton bungacha Ramallohda Falastin rahbariyati, Quddusda esa Isroil bosh vaziri bilan uchrashgan. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham mintaqaga safari davomida tomonlarni tinchlikka chaqirdi.

“Hozir region uchun juda ham mas’uliyatli bir davr”, - dedi Klinton.

Isroil va XAMAS bir haftadan beri o'q almashib kelayotgan edi. G’azo Sektorida 140 dan ziyod odam, Isroilda esa besh kishi o’lgan.

Isroil G'azoni nishonga olishda davom etmoqda