Misr sudi "al-Jazira" telekanalining uch jurnalistini qamadi

  • Amerika Ovozi

Hibsdagilar - avstraliyalik Piter Greste, Misr va Kanada fuqaroligi bor Muhammad Fahmiy va misrlik Bahir Muhammad.

"Al-Jazira" telekanali muxbirlari taqiqlangan Musulmon birodarlar guruhini qo’llab-quvvatlash, soxta xabarlar tarqatishda aybdor deb topilgan.
Misr sudi “al-Jazira” telekanalining uch muxbirini yetti yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ular taqiqlangan Musulmon birodarlar guruhini qo’llab-quvvatlash, soxta xabarlar tarqatishda aybdor deb topilgan.

Hibsdagilar - avstraliyalik Piter Greste, Misr va Kanada fuqaroligi bor Muhammad Fahmiy va misrlik Bahir Muhammad.

“Al-Jazira” o’z xodimlariga qo’yilgan ayblovlarni rad etayapti. Telekanal ularni qo’yib yuborishlarini talab qilib keladi.

Uch muxbir dekabrda Qohiradagi mehmonxonada ushlangan. Bundan sal oldin Misr hukumati Qatarda asoslangan telekanalning ofisini yopib qo’ygan edi.

O’tgan hafta Misrda “al-Jazira”ning yana bir jurnalisti qamoqdan qo’yib yuborilgan. Abdulla Elshami 10 oydan beri ayblovsiz panjara ortida qolayotgan, ochlik e’lon qilib salomatligi yomonlashgan edi.

Misr hukumati Musulmon birodarlarga qarshi keskin kampaniya olib bormoqda. Guruhning aksariyat vakillari qamoqda.