Misr sudi sobiq prezidentni o'limga mahkum etdi

  • Amerika Ovozi

Misr sudi sobiq Prezident Muhammad Mursiy va uning 100 dan oshiq safdoshlarini o'lim jazosiga mahkum etdi.

Namoyishchilarni hibsga olish va azoblashda ayblangan Mursiy hozir 20 yillik qamoq jazosini o'tamoqda.

Sudning yangi hukmi 2011-yilgi inqilob paytida ro'y bergan voqealar bilan bog'liq. O'shanda mamlakat bo'ylab qamoqxonalardan qochgan yuzlab odam, jumladan, Mursiy xorijdagi jangari guruhlar bilan til biriktirganlikda ayblanmoqda.

"Musulmon Birodarlar" harakatining sobiq yetakchisi Muhammad Mursiy Misrning demokratik ravishda saylangan ilk rahbaridir. O'lim jazosi bo'yicha yakuniy qarorni mamlakat muftiysi qabul qiladi.