Rasmiylar: Misrda yangi qomusni aksariyat aholi yoqladi

  • Amerika Ovozi

Misrlik fuqaro Mudofaa vaziri, general Abdul Fattoh al-Sissiy suratini ko'rsatmoqda. Misrda 14-yanvar yangi konstitutsiya xalq muhokamasiga qo'yildi.

Misr rasmiylari so’zlariga ko’ra, xalq yangi konstitutsiyani ko’pchilik ovoz bilan yoqlab chiqqan. Referendumning dastlabki natijalari 90 foiz aholiga bosh qomus ma’qul ekanini ko’rsatgan.

Yangi konstitutsiya harbiylar qo’llab-quvvatlovini olgan hukumatning mahsulidir va tahlilchilar nazarida general Abdul Fattoh al-Sissiy, shu tariqa prezidentlik sari yana bir qadam ildamladi.

Tahlilchilarning aytishicha, yangi bosh qomus ma’qullanishi shubhasiz edi. Referendumning tugal natijalari hafta oxirida e’lon qilinadi.

Misrda hafta boshida sobiq prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va unga qarshilar olishib, to’qqiz kishi nobud bo’lgan edi.

Musulmon Birodarlar va boshqa islomiy guruhlar referendumni noqonuniy deya boyqot qilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Misr, AQSh siyosati - US/Egypt