Sobiq elchi Bobur Malikov: Mirziyoyevning AQShga tashrifi O'zbekiston uchun tarixiy voqea

"Vashington choyxonasi" uchun suhbat paytida

O'zbekistonning AQShdagi birinchi elchisi Bobur Malikovning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi O'zbekiston uchun katta tarixiy voqea, uning Amerikaga taklif etilgani O'zbekiston xalqiga ko'rsatilayotgan hurmat ramzi.

Virjiniya shtatida yashovchi sobiq diplomat O'zbekistonda Mirziyoyev yetakchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholaydi.

"Ba'zi masalalar hali hal bo'lgani yo'q, ammo har bir narsaga qadamma-qadam borish kerak", - deydi Malikov.

Adliya vaziri, Oliy sud raisi lavozimida ishlagan Bobur Malikov O'zbekiston taraqqiyoti uchun o'z tajribalarini ishga solishga tayyor, Toshkentga chaqirishsa, borishga tayyor ekanini ham bildirdi.

"Vashington choyxonasi" uchun tayyorlangan suhbatning to'liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Your browser doesn’t support HTML5

Sobiq elchi Bobur Malikov: O'zbekistonga chaqirishsa, boraman