Bugungi dunyo suratlarda - 13-fevral, 2025
Myunxenda jamoatchilik ustiga mashina haydalgan, bir necha kishi jarohat olgan hududdagi manzara, Germaniya.
Kentukki shtatida tuxum narxlari ko'tarilgani uchun nonushta tarkibida tuxum bo'lgan taomlar 50 sentga oshirilgani haqida e'lon
Britaniyada qirol aholi bilan muloqot qilar ekan, monarxiyaga qarshi fuqarolar "Mening qirolim emas" deb yozilgan plakatlar bilan namoyishga chiqdi.
Osiyo qishki o'yinlarida Janubiy Koreya vakili ishtiroki, Xarbin, Xitoy.
Odam savdosi yoki firibgarlik qurboniga aylanib, Myanmaga ishlashga borganlar Tailandga qaytmoqda, Tailand.
Avstriyada tog'-chang'i sporti bo'yicha jahon chempionatida Italiya vakili ishtiroki
Etna vulqoni jonlanmoqda, Italiya.