Bugungi dunyo suratlarda - 17-fevral, 2025
Ugandada politsiya to'rt karra prezidentlikka nomzod Kizza Besijye va boshqa siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qilgan namoyishchilarni hibsga olmoqda.
XAMAS garovida qolayotganlarning qarindoshlari va yaqinlari tutqunlikning 500-kuni munosabati bilan O'rtayer dengizida qum soat aks etgan bayroqni namoyish qildi. Unga "Garovdagilarisiz Isroil tugab bormoqda" deb yozilgan.
AQShda Prezident kuni nishonlanar ekan, poytaxt Vashingtonda Donald Tramp farmonlariga qarshi namoyish.
Meksika poytaxtida shifokorlar maoshlarni oshirish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash talabi bilan namoyishga chiqib, xalqaro aeroport yo'lini to'sib qo'ydi.
Afg'on bolalari xususiy xayriya fondi tarqatayotgan taom uchun navbatda, Mozori Sharif.
Ruminiyada qish manzarasi
Tokioda bahoriy manzara