Bugungi dunyo suratlarda - 20-fevral, 2025

XAMAS garovida halok bo'lganlar jasadi qaytarilar ekan, Isroilda kutayotgan aholi 

Garovda Isroil hujumlari tufayli halok bo'lgan isroilliklar jasadi Qizil xoch jamiyatiga topshirilar ekan, xavfsizlikni ta'minlayotgan XAMAS a'zolari

XAMAS garovda Isroil hujumlari tufayli halok bo'lgan isroilliklar jasadini Qizil xoch jamiyatiga topshirdi.
 

Torontoda Pirson xalqaro aeroportida ag'darilib ketgan AQSh samolyoti maxsus yuk mashinasiga ortilmoqda. 

To'rt qit'a chempionatida Kanada juftligi ishtiroki

AQShning 305 metrli "SS United States" layneri Foridada okean tubiga cho'ktiriladi.

1952-yil Atlantika okeanini kesib o'tish tezligi bo'yicha rekord o'rnatgan kema endi turizmni rivojlantirish, suvosti dunyosini boyitish, marjonlar va baliqlar qatorida g'avvoslarni jalb etishga xizmat qiladi.
 
30 yildan ziyod Pensilvaniya shtatida qarovsiz qolib ketgan layner so'nggi manzil - Florida sohillariga yetib keldi. Kema bir necha oy mobaynida ekologik xavf uyg'otmaydigan darajada ekspertlar tomonidan tozalanadi.

Xitoy sharqida eksportga tayyor avtomobillar