Bugungi dunyo suratlarda - 3-fevral, 2025
Hindiston shimolidagi Kumbxa-Mela diniy festivali: Har 12 yilda bir marta o’tadigan festivalda ziyoratchilar muqaddas hisoblangan Ganga va Yamuna daryolari qo’shiladigan joyda yuvinmoqda. Olti hafta davom etadigan bayramda 450 million odam qatnashmoqda.
Pensilvaniya shtati gubernatori Josh Shapiro va Filadelfiya shahri meri Sherel Parker kichik samolyot fojiali avtohalokatga uchragan joyda
64 yillik tarixga ega AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlari 3-fevral kunidan ishga chiqmaslik, ofisga kelmaslik, agentlik endi yopilgani haqida ogohlantirildi.
3-fevralga o'tar kechasi 600 xodim agentlikning kompyuter tizimidan uzilgan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining rasmiy vebsayti bloklangan.
Los-Anjelesda migrantlarning hibsga olinishi va ommaviy deportatsiyaga qarshi norozilik namoyishi
AQSh rahbari Donald Tramp Kanada mahsulotlariga 25 foizlik tarif qo'llanishini e'lon qilgani ortidan Kanadadagi do'kon e'loni: "AQSh spirtli ichimliklarini boshqa sotmaymiz".
Rossiya havo hujumlaridan keyin qutqaruv operatsiyalarida toliqqan xodim tin olmoqda, Xerson, Ukraina, 2-fevral, 2025.
Beyonse yilning eng yaxshi albomi uchun Gremmi mukofotiga loyiq ko'rildi, Los-Anjeles, Kaliforniya, 2-fevral, 2025.