Bugungi dunyo suratlarda -4-fevral, 2019

Rim papasi Fransiskni Misrning al-Azhar masjidi bosh imomi Ashamad al-Toyyib kutib olmoqda.
Ular “Insoniyat birdamligi uchrashuvi” deb nomlangan anjumanda nutq so’zladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida o’tgan tadbirda musulmon, xristian, yahudiy, hindu, buddist va boshqa e’tiqod vakillari ishtirok etdi. Abu-Dabi, BAA.

Oy taqvimi yangi yilini kutib olayotgan aholi. Singapur.

Shri-Lanka mustaqilligining 71 yilligi tantanalaridan

O't o'chiruvchilar ko'p qavatli binoda boshlangan yong'inga qarshi kurashmoqda. Moskva, Rossiya.

Venesuelada amaldagi Prezident Nikolas Maduro tarafdorlari ham namoyishga chiqdi

Karnaval arafasida Charli Chaplin haykali tayyorlanmoqda. Fransiya

Kuchli bo'ronlar ortidan qirg'oqqa chiqib qolgan 16,7 metrli kit jasadi qonli ko'l hosil qildi. Bilbao, Ispaniya.

O'rta Yer dengizida quyosh botmoqda. Marsel, Fransiya.