Bugungi dunyo suratlarda - 8-fevral, 2019

Falastinlik o'smir Iordan daryosining g'arbiy sohilida Isroilga qarshi norozilik namoyishida

Venesuelaga gumanitar yordam. Kolumbiya

Saudiyaning Istanbuldagi konsulligida qatl qilingan jurnalist Jamol Qoshiqchining turkiyalik qallig'i Hadicha Jengiz voqealar tafsilotidan iborat kitobni taqdim etdi. Istanbul, Turkiya 

Bolalarning yarimorol tinchligini tilab yozgan maktublari namoyish etilgan muzey. Janubiy Koreya

Pokiston dengiz floti harbiylari xalqaro mashg'ulotlarda ishtirok etadigan mamlakatlar bayroqlarini olib o'tmoqda. Karachi

Urugvayda karnaval

Oy taqvimi yangi yilining to'rtinchi kunidan. Pekin, Xitoy

Qaynoq suv sepilganda qor parchalariga aylanadigan sovuq. Krasnoyarsk, Rossiya

16-an'anaviy kuchuklar modasi namoyishidan. Nyu-York