Fransiya Falastinni davlat sifatida tan olish haqida o'ylanmoqda

  • Amerika Ovozi

Fransiya Falastinni davlat sifatida tan olish haqida o'ylanmoqda. Isroil-Falastin ixtilofini hal qilish yo'lida yana bir urinib ko'ramiz va xalqaro anjuman o'tkazib mazvuni ko'taramiz, deydi bu davlat Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius.

Biroq chora ish bermasa, Falastin oldida mas'uliyatni tan olib, davlat sifatida e'tirof etishimiz kerak bo'ladi, deydi u.

Isroil va Falastin o'rtasida boshi berk ko'chaga kirib qolgan muzokaralar radikal kuchlar, ayniqsa, "Islomiy davlat" to'dasiga qo'l kelayapti, deydi Fabius.

Amerika boshchiligidagi so'nggi muzokaralar 2014-yilning aprelida muvaffaqiyatsiz tugagan va shundan beri biror siljish kuzatilmaydi.

Fabiusning aytishicha, Isroil falastinliklar o'z davlati uchun mo'ljallayotgan yerlarda yahudiylar uchun turar-joy qurishda davom etmoqda.

Oxirgi oylarda falastinliklar sodir etgan hujumlarda isroillik 25 kishi o'lgan. Isroil harbiylari xuddi shu davr ichida falastinlik 159 kishini o'ldirgan.

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi