Fransiya Saloh Abdusalomga rasman ayblov qo'ydi

  • Amerika Ovozi

Saloh Abdusalom o'tgan yilning 13-noyabrida Parijdagi hujumlarni rejalashga bosh-qosh bo'lgani taxmin qilinadi.

Fransiya sudi Parijda noyabrdagi qonli terror hujumlariga bosh bo'lgani taxmin qilinayotgan Saloh Abdusalomni qotillik, odam o'g'irlash, xavfli qurol va bombalarni ishga solganlikda aybladi.

Xurujlar 130 odamni hayotdan olib ketgan edi.

Abdusalom chorshanba kuni sudda ko'rinish bergach, 20-mayga qadar yolg'iz kameraga joylangan.

U o'tgan yilning 13-noyabrida Parijdagi hujumlarni rejalashga bosh-qosh bo'lgani taxmin qilinadi.

"Islomiy davlat" to'dasi ham Parijdagi xurujlarni sodir etganini da'vo qilib keladi.

Saloh Abdusalom bir kun oldin Belgiya rasmiylari tomonidan Fransiyaga topshirilgan edi. U 13-mart kuni Bryusselda qo'lga tushgan.

Abdusalom Belgiyada tug'ilgan. Parijdagi qonli xurujlarda uning inisi Ibrohim ham qatnashgan. U hujum paytida shahardagi kafe yonida o'zini portlatgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" va G'arb

Parijda terror xurujlari