Kemp Deyvid - Katta Sakkizlikka mezbon

  • Amerika Ovozi

AQSh, Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Kanada va Rossiya prezidentlari va bosh vazirlari asosan iqtisod haqida gaplashdi, Kemp Deyvid, Merilend shtati, 19-may 2012

AQSh prezidenti dala hovlisi, Merilend shtatidagi Kemp Deyvid majmuasida, Katta Sakkizlikning yillik anjumani o’tmoqda.

Mezbon Barak Obama Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Kanada va Rossiya rahbarlariga murojaat qilar ekan, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi siyosat yuritish kerak deya qayd etdi.

Asosiy e’tibor Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotida. 17 davlat a’zo yevro zona inqirozda. Bu esa nafaqat butun Yevropani, balki Amerika va Osiyo davlatlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, deydi Obama.

Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barroso

Yevropa Komissiyasi prezidenti joze Manuel Barroso deydiki, Gretsiya kabi qarzga botgan a’zolar ittifoq oldidagi majburiyatlarini unutmasligi, mas’uliyatli siyosat yuritishi lozim.

“Biz Gretsiya yevrozonada qolishini istaymiz. Gretsiya Yevropaning ajralmas qismi va biz unga yordam berish, uni inqiroz changalidan olib chiqish va shu tariqa o’zimizni qayta oyoqqa turg’azish uchun barcha chorani ko’ramiz”,- deydi Barroso.

Katta Sakkizlik yig’inida Eron va Suriyadagi vaziyat ham muhokama qilingan. Eronga atom dasturi yuzasidan bosimni ushlab turish, Suriyada esa Bashar al-Assadni hokimiyatdan ketishga undab, yangi, demokratik tuzum vujud kelishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olingan.