Xamas G'azoda uch falastinlikni qatl etgan

  • Amerika Ovozi

Xamas G'azo sektorida 2007-yildan beri hukmron

G’azo sektorida hukmron Xamas guruhining bildirishicha, uch falastinlik qatl etilgan. Aybi, deydi rasmiylar, ularning biri Isroil bilan tik biriktirgan, qolgan ikkitasi esa qotillar.

Ichki ishlar vazirligi ularning ism-sharifini oshkor etmagan, lekin voqea sektorda vahima uyg’otgan.

Qonun oliy jazo ijrosidan oldin prezident tasdig’ini talab qiladi. Lekin Xamas Mahmud Abbos rahbariyatini tan olmaydi.

Falastin shu tariqa ikkiga bo’linib qolgan. Iordan daryosi bo’yidagi hudud Mahmud Abbos va uning Fath guruhi nazoratida, G’azo esa Xamasning.

2007-yildan beri, deydi ko’plab falastinliklar, sektor ancha tiklandi, ish o’rinlari yaratildi, tirikchilik osonlashdi. Ammo Xamas rahbarlari bag’oyat qattiqqo’l. Yahudiylar bilan har qanday yaqinlik jinoyat sifatida qaraladi.

Isroil Xamasni dushman deb biladi. Tomonlar tez tez o’q almashib turadi. Yahudiy davlatini yo’q qilish Xamasning oliy maqsadlaridan.