AQShning Xelsinki Komissiyasi Rossiyani Gruziyadan chiqishga chaqiryapti

  • Amerika Ovozi

AQShning Xelsinki Komissiyasi Rossiyani Gruziyadan chiqishga chaqiryapti

AQShning Xelsinki Komissiyasi Rossiyani Gruziyadan qo'shinlarini olib chiqishga chaqirmoqda. Rossiyaning Gruziyaga qarshi urushining uch yilligi arafasida komissiya raisi, respublikachi kongressmen Kristofer Smit Kremlni Janubiy Osetiya va Abxaziyaning noqonuniy istilosiga chek qo'yishga da'vat etgan.

Ma'lumki, Janubiy Osetiya va Abxaziya Gruziyadan ajralib chiqib mustaqillik e'lon qilgan, ammo uni Rossiya va 1-2 ta mayda davlatdan boshqa hech kim tan olmagan. Shu jumladan Qo'shma Shtatlar ham bu hududlarni hamon Gruziyaning ajralmas sarhadi deb biladi. Rossiya esa ularni mustaqil davlat deya qo'shinlarida qonuniy maqom borligini aytadi.