Vashington choyxonasi: "Grin karta" haqida biz bilgan va bilmagan ma'lumotlar

  • Amerika Ovozi

"Vashington choyxonasi" teledasturining navbatdagi sonini o'quvchilarimizdan kelgan maktub va savollar asosida "Grin karta" lotereyasi mavzusiga bag'ishladik. Unda lotereyaga hujjat topshirishdan tortib, yutib olgandan keyin bo'ladigan ishlargacha batafsil ma'lumot beramiz.

Rasmiy tilda turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar deb ataladigan "Grin karta" dasturi asosida har yili dunyoning turli davlatlaridan 50 ming muhojir AQShda doimiy yashash huquqini yutib oladi. O'zbekistonga o'rtacha besh ming o'rin ajratilgan.

Grin karta” bu AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi huquqiy bir maqom. Bu maqom faqat lotereya o’ynash orqali emas, balki boshqa yo’llar bilan ham qo’lga kiritilishini ko’pchilik bilmaydi. Suhbatda AQShda doimiy yashash huquqini qo'lga kiritishning ana shu boshqa yo'llari haqida ham ma'lumot berdik.

"Vashington choyxonasi"da o'tkazilgna suhbatni quyida tomosha qiling:

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: "Grin karta" haqida suhbat