Florida Matyu dovulidan vahimada

  • Amerika Ovozi

Dovul shu paytgacha Gaiti va Dominikan Respublikasida kamida 16 odamni hayotdan olib ketdi.

Amerikaning janubi-sharqiy shtatlari Matyu dovuli bilan yuzlashmoqda. To'fon tobora kuchga to'lishi kutilayapti.

Meteorologlarning aytishicha, Bagama orollarini kezgan dovul juma kuni Floridaga yetib boradi.

"Xavfli to'fon. Odamlarni ko'chirish kerak", - deydi Florida gubernatori Rik Skott. "Agar suv bo'yida yashayotgan bo'lsangiz, tez xavfsiz joyga ko'ching. Buyruqni kutib o'tirmang", - deya ogohlantirdi u.

Dovul shu paytgacha Gaiti va Dominikan Respublikasida kamida 16 odamni hayotdan olib ketdi.

Shu bois, Gaitida yakshanba kunga rejalangan prezident saylovlari kechiktirildi. Mamlakatda saylov uchastkasi vazifasini o'tashi kutilgan aksariyat maktab va cherkovlarda hozir odamlar jon saqlayapti.