Amerika bugun qanday jamiyat?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika bugun qanday jamiyat? US presidential inauguration, diversity

21-yanvar kuni Vashingtonga prezident Barak Obamaning qasamyod marosimini tomosha qilish uchun mamlakatning har chekkasidan yuz minglab odamlar yig’ildi. “Amerika Ovozi” fursatdan foydalanib, omma fikrini o’rgandi. Suhbatdoshlar, shubhasiz, Amerika qanday jamiyat ekanini aks ettiradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika bugun qanday jamiyat? Navbahor Imamova


Obamani quvvatlayotganlar kim va nima uchun uning tarafida? Ramona Natera Viskonsin shtatidan. Lotin amerikalik muhojirlar oilasidan. Prezident, deydi u, “biz singari yangi amerikaliklarga g’amxo’r”.

“Uning qayta saylangani tarixiy voqea. Obama immigratsiya sistemasini butkul isloh qiladi degan umiddaman”,- deydi Ramona.

Vashington shtatilik Anna Knudson fikricha Obama mamlakat xotin-qizlari dardini tushunadi va ular manfaatini ko’zlab siyosat yuritmoqda. Ayollar Obama tomonda, deydi u.

“Qayta saylandimi, demak, Amerikada ko’pchilik Obama siyosatini yoqlaydi, ayniqsa sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalasida. Prezident boylarga emas, o’rtahol odamlarga kuyunadi",- deydi Knudson.

Mark Kim, koreys muhojirlar farzandi, Virjiniya shtatidan. Kelib chiqishi osiyolik bo’lgan amerikaliklar, deydi u, Obamani o’ziga yaqin tutadi.

“Obama bolaligining bir qismini Osiyoda o’tkazgan, Indoneziyada. Gavayi orolida tug’ilgan. U yerda ham osiyoliklar katta sonni tashkil etadi. Prezidentning singlisi bizga o’xshab osiyolik. Madaniyatimizni tushunadi”, - deydi Kim.

Luiziana shtatidan kelgan Troy Tomas esa qora tanli amerikaliklar singari Obamaga haqiqiy qahramon, namuna sifatida qaraydi. Tenglik uchun kurashgan Martin Lyuter Kingning orzusi ro’yobga chiqdi, deydi u, Barak Obama buni uddaladi.

“Irqchilikni yengamiz deya orzu qilgan edi, mana isboti. Atrofga qarang, Obamaning tarafdorlarini ko’rayapsizmi – qora, oq, har xil rangli odamlar. Bu birlik, birdamlikdan darak”,- deydi Tomas.

Amerika demokratik davlat va bag’rikeng jamiyat bo’lishi kerak deb unga asos solgan insonlar aynan shuni niyat qilgan, deydi bu fuqarolar.

Prezident va uning rafiqasi sharafiga bal



Vashingtonda Inauguratsiya kuni



AQShda prezident Obama ikkinchi muddat uchun qasamyod keltirdi



Barak Obama prezidentlik uchun ikkinchi bor qasamyod keltirdi