Vashington inauguratsiyaga hozirlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington inauguratsiyaga hozirlanmoqda

Hokimiyatning tinch yo’l bilan va tartibli ravishda bir rahbardan ikkinchiga topshirilishi Amerika demokratiyasining xususiyatlaridan biridir. Shu kunlarda poytaxt Vashington ana shunday tadbirga hozirlik ko’rmoqda. Yangi prezidentning qasamyod marosimi, ya’ni inauguratsiya 20-yanvarga belgilangan. Shaharda jiddiy xavfsizlik choralari ko’rilmoqda.

Turli shtatlardan yig’ilgan mutasaddilar Vashington xaritasi atrofida 58-inaguratsiya rejasini, yangi rahbar qaysi ko’chalardan o’tishini muhokama qilmoqda.

“Juda ko’p mayda ish bor. Kapitoliy ostonasida joy uncha katta emas. Oz vaqt qolyapti. O’tkaziladigan barcha tadbirlarni to’g’ri rejalay bilishimiz kerak, inauguratsiya xatosiz o’tishi kerak”, - deydi tashkiliy qo’mita a’zosi Lukas Ernandez.

Harbiy, federal va mahalliy rasmiylar bo’yi 12, eni 18 metrlik xaritaga qarab, inauguratsiya paradining yo’nalishi, tashkiliy masalalarni muhokama qilmoqda.

“Harbiylar federal idoralar bilan shahar doirasida hamkorlik qilayotganidan mamnun”, - deydi AQSh Armiyasidan vakil Aaron Lavli.

“40 shtatdan 7-8 ming atrofida askarlar keladi, ularni joy-joyiga joylashtirishimiz kerak. Inauguratsiya kuni ular paradda qatnashadi, so’ng 72 soat ichida shtatlariga qaytarishimiz lozim”, - deydi armiyadan yana bir vakil Malik Frimen.

Yanvar oyi Vashingtonda odatda sovuq, tashkilotchilar ob-havoni inobatga olib, jarayonning silliq kechishini ta’minlashi zarur.

“Askarlarning sovuqda haddan tashqari uzoq turib qolishini istamaymiz”, - deydi Sohil xavfsizligi xizmatidan Mishel Vatson.