Xitoy va Hindiston chegaradagi taranglikni yumshatishga harakat qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Hindiston va Xitoy Himolay to’glaridagi munozarali chegarada bir necha kunli taranglikdan so’ng qo’shinlarini hududdan chiqarishga kelishib oldi. Biroq tahlilchilar nazarida, ikki tomonning bu masalada kelishishi oson bo’lmaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 18-sentabr, 2020-yil

“Bir vaqtlar ikki taraf bufer hududni hurmat qilgan. Ammo nazarimda, so’nggi oylarda Xitoy buferga qo’shin kiritishi ketidan Hindiston taktik ustunlikka ega bo’lishga harakat qilmoqda. Natijada taranglik vujudga keldi”, - deydi hindistonlik tahlilchi Xarsh Pant.

Xitoy va Hindiston bir-birini chegarada so’nggi 45 yilda ilk bor havoga o’q uzganlikda ayblashi ketida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Moskvada muloqot qildi. Tomonlar 1996-yilda chegarada qurol ishlatmaslikka kelishib bitim imzolagan edi.

“Vaziyat tarang. Har ikki tarafda ko’plab qo’shinlar safarbar etilgan. Taxminan 40 ming. Qo’shimcha kuchlar ham yuborilmoqda”, - deydi Dehlidagi Xitoy tahlil va strategiya markazi rahbari Jayadeva Ranade.

Tomonlarning bahsli chegara bo’yicha kelishishi oson bo’lmaydi. Ziddiyatlarni yumshatishga qaratilgan oldingi da’vatlarga har ikki mamlakat tomonidan ko’z yumdi.

“Hindiston nazarida, Xitoy birinchi bo’lib hududga qo’shin kiritdi va ularni ortga qaytarishi kerak. Xitoy biz aynan shu joyda bo’lishimiz kerak, deyapti. Muammo shunda”, - deydi Ranade.

Ziddiyatlar natijasida Hindiston Xitoyga qarashli ommabop video o’yinni hamda “TikTok” ilovasini o’z hududida man qildi, Xitoy esa o’z kompaniyalariga Hindistonda infratuzilma loyihalarida ishtirok etmaslikni buyurdi. Chegarada vaziyat barqarorlashmasa, putur yetgan aloqalarni tiklash qiyin bo’ladi.

“Munosabatlarda ishonch yo’qolgan. Ikki taraf muammoni har biriga ma’qul shaklda hal qilmaguncha, aloqalar tiklanadi deb o’ylamayman”, - deydi Xarsh Pant.

Qo’shinlarni chegara hududidan chiqarish tez natija bermaydi, deydi ba’zilar.

“Oldinda qish mavsumi bor. Tomonlar kutishga majbur bo’ladi. Umid qilamanki, bundan nariga o’tishmaydi”, - deydi tahlilchi Ranade.