Hindistonda talaba qizni zo’rlaganlardan biri o’zini osgan

  • Amerika Ovozi

Mange Lal Singx va Ram Bay, Ram Singxning ota-onasi

Hindiston politsiyasining bildirishicha, Dehlida talaba qizni zo’rlaganlikda ayblangan kishilardan biri qamoqxonada o’z joniga qasd qilgan.

Tixar turmasi rasmiylari so’zlariga ko’ra, Ram Singx bugun ertalab o’zini osib qo’ygan.

Singxning ota-onasi va advokatlarning ta’kidlashicha, uni o’ldirishgan.

O’g’limni qamoqdagilar urib zo’rlagan, endi o’ldirishdi, deydi Singxning otasi.

O’tgan yilning dekabrida Dehlida olti kishi avtobusda 23 yoshli student qizni ayovsiz zo’rlagan, u ikki hafta o’tar-o’tmas kasalxonada jon bergan edi.

Rasmiylarning aytishicha, Ram Singx jinoyatga boshchilik qilgan.