Eron parlamentida Ahmadinajodning raqiblari ko'payadi

  • Amerika Ovozi

Tehron, 4-may 2012

Eronda parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko’ra, g’oliblar - prezident Mahmud Ahmadinajodning siyosiy raqiblari.

Omma orasida o’tkazilgan so’rovda saylovchilarning aksariyati diniy tuzum va rahnamo Oyatulla Ali Hominiy tomonida ekanini aytgan.

Tehron, 4-may 2012

Parlament saylovlari mart oyida boshlangan edi. Birinchi bosqichda ham Ahmadinajodga qarshi siyosatchilar ustun kelgan edi.

Prezident va oyatulla bir-birini yoqtirmasligi, Ahmadinajodning nufuzi pasayib ketgani sir emas, deydi Tehrondan turib “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan siyosatdonlar.

Ahmadinajod kelasi yil ikkinchi va oxirgi muddatini yakunlaydi. Oyatulla atrofidagi odamlar uni o’zboshimchalikda, diniy rahnamoga quloq tutmayotganlikda ayblaydi.