Eronlik olima matematika bo'yicha oliy mukofot oldi

  • Amerika Ovozi

Eronda tug’ilib o’sgan Maryam Mirzaxoniy Garvardda matematikadan tahsil olgan, Kaliforniyadagi Stenford Universitetida professor bo’lib ishlaydi.

Eronlik matematik Maryam Mirzaxoniy sohaning nufuzli mukofotini qo’lga kiritgan ilk ayol sifatida tarixga kirdi.

Janubiy Koreyada bo’lib o’tgan tantanali marosimda matematika bo’yicha oliy sovrin Mirzaxoniyga topshirildi.

Eronda tug’ilib o’sgan Maryam Mirzaxoniy Garvardda matematikadan tahsil olgan, Kaliforniyadagi Stenford Universitetida professor bo’lib ishlaydi.

Matematika bo’yicha oliy mukofot har to’rt yilda bir marta to’rt olimga beriladi.

Boshqa uch g’oliblar – fransiyalik Artur Avila, Prinston Universitetidan Manjul Bhargava va Britaniyadan Martin Heyrer ekani ma’lum.