Isroil-Eron ziddiyatlari kuchaymoqda

  • Amerika Ovozi

Isroil Livan va Suriya chegarasida Eron qo’llab-quvvatlayotgan kuchlar bilan to’qnashar ekan, Tehron va yahudiy davlati o’rtasida taranglik kuchaymoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 7-avgust, 2020-yil

Isroilning shimoliy chegarasida to’rt odam Suriyadan o’tishga harakat paytida o’tib o’ldirilishi ketidan Suriyaning Iroq chegarasi yaqinidagi bazasiga havodan hujum qilindi.

“Isroil so’nggi yillarda Eronning Suriya, Livan, Iroqdagi faoliyatiga zarba berib, Eron va Hizbulloh rejalarini bir necha yil ortga surib qo’ydi”, - deydi Tel-Avivdagi Milliy xavfsizlik instituti tahlilchisi, iste’fodagi general Assaf Orion.

Suriyadagi bazaga hujum Isroil va Eron o’rtasida kuchayayotgan ziddiyatlarni yanada oshirdi.

“Isroilning Eron siyosati bo’yicha ikkita asosiy e’tirozi Tehronning yadro loyihasi va Isroilga zarba berish uchun chegaraga yaqin joyda harbiy salohiyatni kuchaytirish harakatlari bilan bog’liq. Mana shu ikkita masala yuzasidan doim Eron bilan olishib kelamiz”, - deydi Isroil Mudofaa kuchlari razvedkasining izlanish bo’limi sobiq rahbari Yossi Kupervasser.

Iyul boshida Eronning yer ostidagi Natans atom inshootida portlash ro’y berib, 2018-yilda qurilgan yadro reaktori uchun sentrifugalar yig’ish markazi jiddiy zarar ko’rdi. Eron AQSh va Isroilni ayblab, ((Mandatory courtesy: IRINN)) qasos olishini bildirdi.

Isroil hujumni o’z bo’yniga olmadi, ammo Eron yadro dasturi ancha ortga surilganidan mamnun ekanini ma’lum qildi.

“Yangi markaz ilg’or sentrifugalarni yig’ishga ixtisoslashgan edi. Eron yadro qurolini yaratishda uranni ancha tez boyita oladigan mana shu sentrifugalarga katta umid bog’layotgan edi”, - deydi Kupervasser.

Ikki davlat bir-biriga qarshi kiberhujumlar ham uyushtirib turadi. Eron Isroil suv tizimini, Isroil esa Eron portini nishonga oldi.

“Isroil Eron portidagi asosiy kompyuter protsessoriga hujum qilib, unga zarar yetkazmoqchi, ishdan chiqarmoqchi bo’ldi. Natijada yuk kemalari tirbandlikka uchradi. Bu juda ham cheklangan kiberxuruj edi”, - deydi Isroildagi kundalik gazeta muxbiri Ronen Bergman.

Isroil rasmiylariga ko’ra, Isroil ham, Eron ham urush bo’lishini istamaydi. Ayniqsa har ikki mamlakatni urgan koronavirus pandemiyasi paytida. Biroq so’nggi davrda avj olayotgan ziddiyatlar mojaroga yetaklashiga xavotir bor.